Rossiya Trampning lavozimda qolishini istayapti, Xitoy-chi?.. 

Rossiya Trampning lavozimda qolishini istayapti, Xitoy-chi?.. 

Rossiya, Xitoy va Eron AQShda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi natijalariga ta’sir ko‘rsatishni istaydigan davlatlar sirasiga kiradi. AQSh Kontrrazvedka va xavfsizlik milliy markazi rahbari Uilyam Evanina ana shunday bayonot bilan chiqdi.

Uning aytishicha, xorijiy davlatlar 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylov natijalarini o‘zgartirish uchun “oshkora va yashirin ta’sir choralari”dan foydalanmoqda. 

Saylovda Respublikachilar partiyasi nomidan amaldagi prezident Donald Tramp qatnashadi. Demokratlar nomidan uning raqibi Jo Bayden bo‘ladi. 

Evaninaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Trampning lavozimda qolishini istayapti, Xitoy bunga xalal bermoqchi. Eron esa AQShning demokratik institutlariga va shaxsan prezidentga bo‘lgan ishonchni chippakka chiqarmoqchi. 

AQSh razvedkasi 2016 yildagi saylovga ham Moskva aralashgan deb taxmin qiladi, Rossiya esa buni rad etib keladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!