Rossiya Suriyada tinchlik bo‘lishini istamaydi — Erdo‘g‘an

Rossiya Suriyada tinchlik bo‘lishini istamaydi — Erdo‘g‘an

Rossiya Suriyadagi vaziyat tinchlanishini istamaydi. Bu haqda, "Anadolu"ning xabar berishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ta’kidlab o‘tgan.

Oktyabr oyi o‘rtalarida OAV Rossiya razvedkasi pul evaziga jangarilardan Idlibdagi Kafer Dibbin qishlog‘i yaqinida terrorchilarning katta o‘quv lageri joylashganligi to‘g‘risida ma’lumot olgani va Aerokosmik kuchlar uni yo‘q qilgani haqida xabar tarqatdi. Ma’lum qilinishicha, ushbu lagerdagi jangarilar turkiyalik instruktorlar va xususiy harbiy kompaniyalar xodimlari tomonidan o‘qitilgan.

Bugun Erdog‘an hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida so‘zga chiqdi. U Idlibdagi Suriya muxolifatining o‘quv markaziga Aerokosmik kuchlar tomonidan hujum uyushtirilishi Rossiyaning Suriyadagi uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikka tayyor emasligini isbotlaydi, deya fikr bildirdi.

Shuningdek, Turkiya prezidenti "Islom davlati" terrorchilariga qarshi kurashda Turkiya singari katta hissa qo‘shmagan Suriyada hozir bo‘lgan mamlakatlarni o‘yinlardan voz kechishga va aniq pozisiyani egallashga chaqirdi.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Suriyaning butun hududini terrorchilardan tozalashga qodir va agar Kurdiston Ishchilar partiyasi jangarilari Turkiya bilan tuzilgan shartnomalarda belgilangan chegaradan tashqariga chiqarilmasa, chora ko‘rishga va’da berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!