Rossiya Kiyevdagi xorijiy elchixonalarni ogohlantirdi

Rossiya Kiyevdagi xorijiy elchixonalarni ogohlantirdi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Kiyevdagi xorijiy diplomatik vakolatxonalarga shahardagi harbiy nishonlarga zarbalar davom etishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Rossiya TIV bayonotida Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiya fuqarolari va fuqarolik infratuzilmasiga qarshi hujumlariga javoban Rossiya armiyasi Kiyev hamda Ukrainaning boshqa shaharlaridagi harbiy nishonlarga zarbalar berishda davom etayotgani aytilgan.

Vazirlik Kiyevda ayrim davlatlarning elchixonalari hali ham faoliyat yuritayotgani va xorijiy amaldorlar Ukrainaga tashrif buyurayotganini qayd etgan.

Rossiya tomoni Kiyevdagi xorijiy fuqarolar va diplomatlarni shaharni tark etishga chaqirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Oltin to‘p" uchun favorit o‘zgardi

"Олтин тўп" фаворити ўзгарди - бу энди Кейн эмас.

MrBeast: “O‘zbekistonda muxlislarim shu qadar ko‘pki, balki ketishimizga to‘g‘ri kelar”