Rossiya harbiy safarbarlik e’lon qilishi mumkin

Rossiya harbiy safarbarlik e’lon qilishi mumkin

Rossiya Duma uchun centgabrda o‘tkaziladigan saylovlardan keyin harbiy safarbarlik e’lon qilishi mumkin — The Wall Street Journal.

Nashrining amerikalik amaldorlar orasidagi manbalariga ko‘ra, Kreml harbiy safarbarlikning yangi to‘lqinini e’lon qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ularning aytishicha, agar Rossiya rahbariyati bunday qadam tashlashga jur’at etsa, bu faqat Davlat dumasiga saylovlardan so‘ng sodir bo‘ladi. Saylovlarda ovoz berishning asosiy kuni 20 sentyabrga belgilangan.

"Agar Vladimir Putin Donbassni to‘liq egallashga urinishda davom etadigan bo‘lsa, unda safarbarlik e’lon qilishdan boshqa chora qolmasligi mumkin", — deya fikr bildirdi Moskva Strategiyalar va texnologiyalarni tahlil qilish markazi direktori Ruslan Puxov.

Zaxiradagilar va harbiy tajribaga ega bo‘lgan rossiyaliklar xizmatga chaqirilgan safarbarlikning birinchi to‘lqinidan farqli o‘laroq, yangi to‘lqin harbiy tajribasi kam yoki umuman jang qilishni istamaydigan odamlarni qamrab oladi, deyiladi WSJ maqolasida. Shu bilan birga, bunday qarorning siyosiy risklari frontdagi harbiy ustunlikka erishishdan ko‘ra og‘irroq tosh bosishi mumkin.

Avvalroq Ukraina prezidenti Zelenskiy razvedka ma’lumotlariga tayanib, Davlat dumasi saylovlaridan keyin Rossiyada safarbarlik bo‘lishi mumkinligi haqida gapirgandi. Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, gap “yashirin safarbarlik” haqida ketmoqda, chunki Rossiya hukumati baribir jamiyatning reaksiyasidan xavotirda.

Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina uchun safarbarlikning yangi to‘lqini katta muammo bo‘lishi mumkin, chunki Putin 300 mingdan 500 minggacha odamni urushga safarbar qilishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi