Ronaldu va agenti koronavirusga qarshi katta pul ajratdi

Ronaldu va agenti koronavirusga qarshi katta pul ajratdi

"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu menejeri Xorxe Mendes bilan birgalikda koronavirusga qarshi kurashda yordam berish uchun pul ajratishdi.

"Daily Mail" xabariga ko‘ra, futbolchi agenti bilan birga allaqachon million funtdan ko‘proq pul to‘lagan. Krishtianu va Jorje o‘z mablag‘larini Lissabon va Portodagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolaydigan kasalxonalarga o‘tkazishdi.

Shunisi qiziqki, oldinroq Ronalduning o‘zi koronavirus uchun sinovdan o‘tgan edi. Ayni paytda portugaliyalik Madeyra orolida karantinni davom ettirmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!