Ronaldu mashinalarini Turindan olib chiqib ketdi. Bu nimadan darak?

Ronaldu mashinalarini Turindan olib chiqib ketdi. Bu nimadan darak?

Italiyaning «Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Turin shahridan barcha mashinalarini olib chiqib ketgan.

Mashinalarni tashish bilan Lissabon kompaniya tomonidan amalga oshirilgan. Kompaniya Ronalduga tegishli yettita mashinani Italiyadan olib ketgan.

«Yuventus» Italiya A Seriyasining 37-turida «Inter»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozondi — 3:2. Ammo ushbu g‘alaba klub uchun Chempionlar ligasiga yo‘llanma berish hududiga qaytish uchun yetarli bo‘lmadi. Ayni paytda «Yuventus» chempionat jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Klub «Napoli» va «Milan»ga bir, «Atalanta»ga uch ochko boy bermoqda.

G‘arb matbuoti Ronaldu mavsum oxirida «Yuventus»ni tark etishiga ishonmoqda.

Ayrim manbalarga ko‘ra, u yana Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga qaytishi mumkin.

Ronaldu 2003 yildan 2009 yilgacha «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilgan. Klub tarkibida u uch marta Angliya chempionligini, mamlakat Kubogini va Superkubogini qo‘lga kiritgan. Ikki bor Liga kubogida zafar quchgan. Shuningdek, Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Ronaldu besh karra «Oltin to‘p» sohibi hisoblanadi. U 2016 yilda Portugaliya terma jamoasi bilan Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!