Ronaldu «Manchester Siti»ga o‘tish variantini o‘rganmoqda

Ronaldu «Manchester Siti»ga o‘tish variantini o‘rganmoqda

Hujumchi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ni tark etmoqchi.

36 yoshli futbolchi bu haqda atrofidagilarga ma’lum qilgan. So‘nggi kunlarda hujumchi va uning vakillari «Manchester Siti»ga o‘tish variantini o‘rganib chiqishmoqda, deb yozadi L'Equipe.

Ta’uidlanishicha, portugaliyalik o‘yinchi «shaharliklar»ning bir qancha futbolchilari bilan ushbu transferni muhokama qilgan.

Avvalroq Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozining xizmatlarini «Siti»ga taklif qilgani xabar berilgandi.

Hujumchiga APL begona emas. U 2003 yildan 2009 yilgacha «MYu»da o‘ynagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!