Robino 9 yilga qamaladi

Robino 9 yilga qamaladi

Braziliya terma jamoasi, «Real» va «Manchester Siti» klublarining sobiq hujumchisi, Robino nomi bilan tanilgan Robson de Sousa Italiyada zo‘rlashda ayblanib, to‘qqiz yillik qamoq jazosini o‘z vatanida o‘tashi kerak. Bunday qaror Braziliya sudi tomonidan qabul qilindi, deb yozadi AFP.

2017 yilda Robino 2013 yilda Milandagi tungi klubda o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlayotgan 23 yoshli albaniyalik ayolni zo‘rlaganlikda aybdor deb topildi.

2020 yilda futbolchi Milan apellyasiya sudida yutqazdi, 2022 yilda esa Italiya Oliy sudi hukmni o‘z kuchida qoldirdi, shundan so‘ng braziliyalikni hibsga olishga xalqaro order berildi. Biroq Braziliya o‘z fuqarolarini ekstradisiya qilmagani uchun Italiya futbolchini o‘z vatanida qamoqqa olishni so‘radi.

Robinoning advokati sud qarori ustidan shikoyat qilishini aytdi, futbolchining o‘zi esa sudni o‘tkazib yubordi.

Hukm chiqarilishidan bir necha kun oldin Robino mahalliy telekanalga ayol bilan kelishuv asosida birga bo‘lganini aytdi va Italiya asudini irqchilikda aybladi.

Robino 40 yoshda. 2003 yildan 2017 yilgacha u Braziliya terma jamoasi safida 100 ta o‘yin o‘tkazgan va ikki marta Konfederasiyalar kubogi hamda Amerika kubogini yutgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!