"Real"ning 2000dan oshiq muxlisi YECHL finali uchun chiptalarni qaytarib berdi

"Real"ning 2000dan oshiq muxlisi YECHL finali uchun chiptalarni qaytarib berdi

"Real Madrid"ning 2000 mingga yaqin muxlisi "Liverpul"ga qarshi Kiyevda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi finali uchun o‘z chiptalarini qaytarib berishdi. Bu haqda AS xabar berdi. 

Nashr bergan ma’lumotga ko‘ra, muxlislarning chiptalarni qaytarib berishiga Ukraina poytaxtida turarjoy narxini qimmatligi, shuningdek, logistika bilan bo‘lgan muammolar sabab bo‘lgan. Qo‘shimcha qilinishcha, Madrid klubi qaytarib berilgan chiptalarni qayta sotuvga qo‘ydi. 

"Real" hamda "Liverpul" o‘rtasidagi final o‘yini 26 may kuni, Toshkent vaqti bilan 23:45da Kiyevdagi "NSK Olimpiyskiy"  stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!