«Real» Kurtuaning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

«Real» Kurtuaning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

«Real»da jamoa darvozaboni Tibo Kurtuaning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilindi. The Touchline nashri COPE jurnalisti Migel Anxel Diasga tayanib xabar berishicha, yaqin haftalarda «Real» va Kurtua vakillari uchrashuv o‘tkazadi. Madrid klubi belgiyalik darvozabon bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishni xohlamoqda.

34 yoshli Tibo Kurtuaning «Real» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Belgiyalik darvozabon Madrid klubida 2018 yil yozidan beri, «Chelsi»dan transfer qilinganidan so‘ng o‘ynab kelmoqda.

Kurtua «Real» safida jami 338 ta uchrashuv o‘tkazib, 329 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Avvalroq «Real» Chempionlar ligasidagi ishtirokini «Inter» ustidan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

MrBeast: “O‘zbekistonda muxlislarim shu qadar ko‘pki, balki ketishimizga to‘g‘ri kelar”

Бухоро вилояти ИИБ матбуот хизмати раҳбари Улуғбек Шукурлаев ҳам блогернинг ўзи шаҳарга бормагани, у ерга фақат тасвирга олиш гуруҳи к