"Real" futbolchisi: "Messi Ronaldudan foydaliroq"

"Real" futbolchisi: "Messi Ronaldudan foydaliroq"

"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan "Barselona" hujumchisi Lionel Messini taqqosladi va madridliklarning eng yaxshii o‘yinchisi nomini aytdi.

"Messi bilan Ronalduni taqqoslab bo‘lmaydi. Ular ikkisi ham hujumda o‘ynasalar-da va dunyoning eng yaxshi o‘yinchilari hisoblansalar-da, ular turlichadirlar. Messi - futbol uchun ko‘p ish qilyapti, maydonni yaxshi ko‘radi, yaxshi pas bera oladi, driblingi ajoyib va bo‘sh hududni yaxshi izlaydi.

Ronaldu esa yakson qiluvchi, jarima maydoni ichida gol urish uchun hamma narsani qiladi va bu ish beradi. Ular juda ham turlicha.

Ronaldu ko‘proq harakatchan, intuitiv harakat qiladi. Messi xotirjamroq ko‘rinadi. Bu uni yaxshi bilishimdan emas, tashqaridan shunday ko‘rinadi.

"Real" tarixidagi ng yaxshi o‘yinchi? Raul. Men o‘zimni u bilan ko‘raman. U jamoaviy futbolchi, mehnati bilan hamma narsaga erishgan. Uni hammadan tezkor, bosh bilan o‘yinda va driblingda hammadan yaxshi deb bo‘lmaydi.

Ammo u hammasini to‘g‘ri bajarar edi. Buni uning gollari, "Real" libosida bajargan barcha ishlari tasdiqlab turibdi", - deydi Karvaxal.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!