Rasululloh oyni ikkiga bo‘ldilar: buni ko‘rgan imperator nima qildi?

Rasululloh oyni ikkiga bo‘ldilar: buni ko‘rgan imperator nima qildi?

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam davrlarida qurilgan Cheraman masjidi hozirda Hindistonning  Kerala shtati Kodungalur shahrida joylashgan. Masjid kichik bo‘lsa-da, biroq Rasululloh sallallohu alayhi vasallam  davrlarida qurilgani qiziqdir. Masjid binosi 629 yilda qurilgan bo‘lib, ba’zi sabablarga ko‘ra bir necha marta ta’mirlangan.  Ammo ba’zi joylari o‘zgarishsiz qolgan. Tarixchilarning aytishlaricha, Keralaning  birinchi hukmdori Cheraman Perumal Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning mo‘’jizalari bo‘lmish oy  bo‘linishi hodisasiga bevosita guvoh bo‘lgan.

اقْتَرَبَتِ السَّاعَةُ وَانشَقَّ الْقَمَرُ

Soat (qiyomat) yaqinlashdi va oy bo‘lindi.

وَإِن يَرَوْا آيَةً يُعْرِضُوا وَيَقُولُوا سِحْرٌ مُّسْتَمِرٌّ

Agar bir oyat-mo‘’jizani ko‘rsalar, yuz o‘girarlar, bu o‘tkinchi sehr, derlar(Qamar surasi 1-2 oyat).

Cheraman Perumal bu mo‘’jizani ko‘rgandan keyin o‘sha vaqtning astronomlari bilan maslahat qilgan. Astronomlar oy bo‘linish voqeasini rostligini aytishgan, ammo uni asli mohiyatini aytib bera olishmagan. Bir necha oydan so‘ng Cheraman Perumal sayyohlar orqali Rasululloh sallallohu alayhi vasallam va u zotning yaqinda ko‘rsatgan mo‘’jizalarini xabarini eshitadi. Shundan keyin hukmdor Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bilan shaxsan  uchrashish uchun Makka shahriga jo‘naydi.

Olimlar aytishlaricha, Cheraman Perumal Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlarida islom dinini qabul qiladi va Hindistonda  masjid qurishni rejalashtiradi. Cheraman Perumal taqdiri haqida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni Hindistonga kelib masjid qurib, keyin yana Arabistonga qaytib ketgan desa, ba’zilar u qaytib  Hindistonga bormagan. Doktor Xassan qaydnomasida esa, qarindoshlariga maktub yozib, masjid qurishlarini vasiyat qilgan deyiladi.

Hozirgi kunda mahalliy aholi orasida musulmonlar yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, masjid eshiklari barcha uchun ochiqdir. Masjid yonida kichik muzey tashkil etilgan, unda jomening 350 yil oldingi surati va bir qancha qadimiy ashyolar saqlanadi.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!