Qo‘ng‘irotda harorat qariyib -27 darajani tashkil qildi

Qo‘ng‘irotda harorat qariyib -27 darajani tashkil qildi

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumanida havo harorati qariyib -27 daraja sovuqni tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometrologiya xizmati mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 11 yanvar erta tong Qoraqalpog‘istonning "Qo‘ng‘irot" kuzatuv stansiyasida havo harorati minimumi -26.7 daraja sovuqqacha tushgan.

Nukusda esa minimal havo harorati qiymati -21.5 daraja sovuqqa pasaygan. Nukusda o‘rtacha sutakalik harorat shu kun uchun xos iqlimiy me’yoriy ko‘rsatkichidan 10 daraja past "anomal sovuq" kuzatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!