Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi YTHda jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi

Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan O‘zbekiston fuqarosi jasadi va jarohatlanganlar mamlakatga olib kelindi. Bu haqda "daryo.uz" ma’lum qildi.

13 avgust kuni soat 19:00da Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida jabrlanganlar «Qoplonbek» chegara posti orqali O‘zbekistonga olib kelindi.

Ular Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish ilmiy markaziga yotqizildi.

Eslatib o‘tamiz, 12 avgust kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududida, «Olmaota—Toshkent—Termiz» avtomagistralining 786-kilometrida Daimler Chrysler mikroavtobusi va «GAZ-53» to‘qnashib ketgan, buning oqibatida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lib, 10 nafari turli darajada jarohat olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!