Qoraqalpog‘istonda poyezd vagoni yonib ketdi

Qoraqalpog‘istonda poyezd vagoni yonib ketdi

4 avgust kuni soat 13:04da Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qorao‘zek stansiyasida vagonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Mazkur vagon (plaskart) o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hisobdan chiqarilgan uchta shu kabi vagonlardan biri bo‘lib, yuqorida ko‘rsatilgan stansiyada omborxona vazifasini o‘tagan, jumladan, po‘lat izlaridagi reabilitasiya ishlarini olib boruvchi temir yo‘l xodimlari tomonidan ishlatilgan.

Yong‘in qolgan ikkita vagonga o‘tib kelmasligi uchun ular zudlik bilan yonib turgan vagondan uzilgan. Yong‘in Karao‘zek stansiyadagi «Neft mahsulotlari zaxira» korxonasi o‘t o‘chirish komandasi bilan birga Amudaryo tumani o‘t o‘chirish komandasi yordamida o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Sodir bo‘lgan mazkur holat sabablari o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!