Qoraqalpog‘istonda maktab direktoriga «Spark» avtomobili sovg‘a qilindi

Qoraqalpog‘istonda maktab direktoriga «Spark» avtomobili sovg‘a qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 39 umumta’lim maktabi o‘quvchilari axborot texnologiyalaridan foydalanib, dasturlash bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgani uchun maktab direktori Seitkamol Yeshmuratov «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida Prezident sovg‘asi «Spark» avtomobili bilan taqdirlandi.

Shuningdek, maktabning bir guruh pedagoglari erishgan yutuqlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni va Xalq ta’limi vazirligining Faxriy yorlig‘i hamda zamonaviy noutbuklari bilan mukofotlandi.

Hozirgi kunga qadar Qo‘ng‘irot tumanidagi 39 sonli maktabda tahsil olayotgan 1 074 nafar o‘quvchining 820 nafari «Bir million dasturchi» loyihasi sertifikatga ega.

Ma’lumot uchun, ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 727 ta umumta’lim maktabi faoliyat yuritadi. Hozirda 416 ta maktab zamonaviy kompyuter bilan ta’minlangan, 642 ta (88%) maktablariga optik tola tortilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!