Qoraqalpog‘istonda 6 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘istonda 6 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib,  reabilitasiyaga kuzatildi.

Tuzalib chiqqanlarning barchasi erkak bo‘lib, Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Sog‘ayganlarning 3 nafari Buxoro viloyatidan, 2 nafari Xorazm viloyatidan, 1 nafari esa Navoiy viloyatidan. Ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 21 yosh.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shu paytga qadar 112 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 118 nafarga yetdi.

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2344 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!