Qirolicha Yelizaveta BMT sammitiga ishtirokini bekor qildi. Sababi...

Qirolicha Yelizaveta BMT sammitiga ishtirokini bekor qildi. Sababi...

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II shifokorlarning tavsiyasidan keyin Glazgoda bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi sammitiga tashrifini bekor qilgan. Bu haqda "Sky News" xabar bermoqda.

Bukingem saroyidagi manbalarga ko‘ra, qirolicha tadbirda qatnasha olmasligidan xafa bo‘lgan. Shunga qaramay, u sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo‘llaydi.

Avvalroq Yelizaveta II kasalxonada bir kecha qolganidan bir hafta o‘tib birinchi marta omma oldiga ko‘rinish bergan edi. Qayd etilishicha, qirolicha onlayn uchrashuvlarni Berkshirdagi Vindzor qasridan o‘tkazgan. Suhbat chog‘ida u kayfiyati yaxshi ekanligini ta’kidlagan.

Bungacha "Telegraph" gazetasi sog‘lig‘iga ehtimoliy tahdid tufayli 95 yoshli qirolicha endi farzandlari yoki nabiralaridan biri hamrohligida ish safariga borishi, zarurat tug‘ilganda unga dam olish imkonini berishi haqida xabar bergan edi.

O‘tgan hafta Yelizaveta II Shimoliy Irlandiyaga tashrifini bekor qilganidan keyin kasalxonaga yotqizilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!