Qashqadaryodagi 5 ta karantin ob’ektida nechta fuqaro saqlanmoqda?

Qashqadaryodagi 5 ta karantin ob’ektida nechta fuqaro saqlanmoqda?

Ayni paytda viloyat markazidagi 3 ta sihatgoh hamda 2 ta shifoxonada karantin ob’ektlari tashkil etilgan. Mazkur ob’ektlarda jami 534 nafar fuqaro karantinda saqlanmoqda. Ular uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan. Dori-darmon, dezinfeksiyalovchi hamda himoya vositalari bilan yetarli darajada ta’minlash choralari ko‘rildi. Xorijdan qaytgan jami 1224 nafar fuqaro tibbiyot xodimlari tomonidan uyida nazoratga olinib, kuzatib borilmoqda. Bu haqda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tayanib "nnews.uz" xabar qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosiga ham izchillik bilan kirishildi. Xususan, mazkur qarorga asosan viloyatimizda 14 kunlik karantin tadbirlari uchun 3 ta moslashtirilgan baza tashkil etish choralari ko‘rilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!