Qashqadaryoda uy portladi. Qurbonlar bor

Qashqadaryoda uy portladi. Qurbonlar bor

Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 08:10larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Otchopar” MFYda joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. Oqibatda binoning devorlari qulagan. 
  
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroning jasadi vayron bo‘lgan uy ichidan olib chiqilgan.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va Prokuratura xodimlari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!