Qashqadaryoda 9-sinf o‘quvchisi kanalga cho‘kib ketdi

Qashqadaryoda 9-sinf o‘quvchisi kanalga cho‘kib ketdi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi vafot etdi. "Nasafnews" muxbirining xabariga ko‘ra, voqea joriy yilning 7 may kuni sodir bo‘lgan.

2005 yilda tug‘ilgan E.SH. (o‘g‘il bola) darsdan so‘ng uyi yaqinidan o‘tgan magistral kanalga cho‘milish uchun kirib, suv ko‘p kelishi oqibatida cho‘kib halok bo‘lgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, baxtsiz hodisa Nishon tumani Shirinobod mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tuman prokuraturasi tekshiruv o‘tkazayotgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!