Qashqadaryoda 4 kishi fojiali o‘lim topdi

Qashqadaryoda 4 kishi fojiali o‘lim topdi

Bugun soat 04.00lar atrofida Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, Gumbuloq MFY hududidan o‘tuvchi “Olmaota – Toshkent – Termiz” yo‘nalishidagi xalqaro avtomobil yo‘lining 1262-kilometrida  “Lasetti” va “Kamaz” rusumli avtomashinalar to‘qnashib ketdi. Avtohalokat oqibatida jami 5 nafar fuqarodan 4 nafari voqea joyida vafot etgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar qildi

Yo‘lovchilardan biri Dehqonobod tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Bemorga “o‘ng bilak suyagining tipik kismidan yopiq sinishi” tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda shifokorlar unga davo muolajalarini ko‘rsatmoqda.

Ushbu vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!