Qashqadaryo viloyati hokimi yoshlar bilan uchrashdi

Qashqadaryo viloyati hokimi yoshlar bilan uchrashdi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari va bir guruh iqtidorli yoshlar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvda viloyatning iqtidorli va faol yoshlari so‘zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan mamnun holda o‘z fikrlarini bildirib, loyiha tashkilotchilariga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuv Prezidentimiz rahnamoligida biz yoshlarga ko‘rsatilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir ifodasi bo‘ldi, deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti sovrindori shahrisabzlik Madinabonu Saidjonova. Bu bizni faqat a’lo baholarga o‘qishga, hamisha faol bo‘lish va elu yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashga undaydi. Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Uchrashuvda yoshlar vakillari o‘zlari qo‘lga kiritgan yutuq-muvaffaqiyatlar haqida gapirib, yaratilgan imkoniyat va sharoitlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Yoshlar jamiyatning eng ilg‘or qatlami sifatida hamisha qo‘llab-quvvatlanishi, ularning har jihatdan barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash davlatimiz rahbarining Parlamentga Murojaatnomasida ham o‘z aksini topdi, dedi viloyat hokimi Z.Ro‘ziyev. Murojaatda Mamlakatimiz aholisining qariyb yarmini tashkil etadigan yoshlar bilan ishlash masalasi, bundan buyon ham eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi , deya aytganlari bejizga emas.

Shundan so‘ng yoshlarning kelgusidagi rejalari, ularni qiynayotgan muammolar haqidagi taklif-mulohazalar tinglandi. Viloyatda turizm va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, talaba-yoshlar uchun yo‘nalishli avtobuslarni tashkil etish, viloyat Yoshlar markazi ni zamon talablari doirasida qayta qurish kabi ko‘plab taklif va muammolarga viloyat hokimi shu joyning o‘zida yechim topdi.

Uchrashuv davomida Qarshi shahrining bir qator diqqatga sazovor joylariga viloyat hokimi boshchiligida sayohat tashkil etilib, uning doirasida uzoq masofadan maktabga qatnaydigan yoshlarga velosipedlar sovg‘a qilindi.

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!