Qashqadaryo «bosh tarbiyachisi» xodimlarini so‘kib tashladi (audio)

Qashqadaryo «bosh tarbiyachisi» xodimlarini so‘kib tashladi (audio)

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatidagi ayrim MTMlarda sariyog‘ o‘rniga margarin berilgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. 

«Bong.uz» va «Jamiyat» gazetasi muxbiri mazkur masalani o‘rganish uchun joylarda bo‘lgan.  

Jurnalistning viloyatga surishtiruvga borishi ortidan mutasaddilar buni oldini olishga harakat qilgani bo‘yicha audiolar tarqaldi. 

Xuddi shunday audiomateriallardan birida  Qashqadaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Alimardonovga tegishli ekani aytilgan ovozning o‘z qo‘l ostidagi xodimlardan biri bilan gaplashgani aks etgan. 

Boshliq surishtiruvga kelgan jurnalist bilan hech kim gaplashmasligi, informasiya bermasligini, ularni binolarga kiritmaslik va jurnalistni tamagirlik holatida qo‘lga tushirishga harakat qilishni buyuradi. 

Shuningdek, muammoga sababchi bo‘layotgan ayrim MTM rahbarlarini «chiroyli» so‘zlar bilan «siylaydi». Ta’minotchilarga ma’lum muddat bog‘chalarga barcha mahsulotlarni to‘lig‘icha tarqatishni (!), bog‘chalarda esa shu kuni sarxil ovqatlar qilishni(!) buyurgan. 

Audioning to‘lig‘ini ushbu videoda tinglashingiz mumkin. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!