Putin: “Rossiya bu sanoatni kuchaytirishda davom etadi!”

Putin: “Rossiya bu sanoatni kuchaytirishda davom etadi!”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning yadro sanoati salohiyatini kuchaytirgan holda geosiyosiy hamda texnologik muammolarga javob berishini ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

“Rossiya yadro sanoatidagi yaratuvchilar bilan haqli ravishda faxrlanadi, zero, buning natijasida mamlakat yadro qurolini qo‘lga kiritdi va shu tariqa o‘nlab yillar davomida tajovuzlardan saqlanib keldi”, deya ta’kidlagan Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Yadro sanoati xodimlari kuni” bilan bog‘liq tabriklarida.

“Biz sovet atom loyihasining boshlanishida turgan taniqli olimlar, konstruktorlar, muhandislar, ishchilar bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Zotan, ular ko‘rinishidan imkonsiz bo‘lgan ishni qilishdi - eng qisqa vaqt ichida yangi sanoatni noldan yaratishdi, mamlakatni yadro quroli bilan ta’minlashdi. Va bu biz uchun asosiy bir narsani anglatadi - strategik muvozanat tiklandi, xalqimizga qarshi jazosiz tajovuzlar imkonsizga aylandi. Shuningdek, mamlakat tinchligi va milliy xavfsizligi kelgusi o‘n yillar davomida kafolatlandi», - deydi Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!