Putin: "Ramazon Hayiti — musulmonlar uchun qadrli bayram"

Putin: "Ramazon Hayiti — musulmonlar uchun qadrli bayram"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya musulmonlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

“Muborak Ramazon oyi tugashini belgilovchi ushbu qadimiy, har bir musulmon uchun qadrli bayram insonparvarlik g‘oyalari, taqvo va mehr-muruvvatga sodiqlik ramzi bo‘lib, dindorlarning islom dinining kelib chiqishiga, barcha jahon dinlari zamirida turgan yuksak ma’naviy-axloqiy ko‘rsatmalariga asoslangan”, deyiladi xabarda.

Putin, shuningdek, rossiyalik musulmonlar jamiyatda xalqaro tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, madaniy xilma-xillikni saqlash va mamlakatning ustuvor manfaatlarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!