Putin: «Odamlarni qo‘rqitishmoqda, ularni qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishmoqda»

Putin: «Odamlarni qo‘rqitishmoqda, ularni qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishmoqda»

Jahondagi holat oddiy emas, ziddiyat kuchaymoqda va ko‘p yillik kelishuvlar barbod bo‘lmoqda, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijda istiqomat qiluvchi VI butunjahon vatandoshlar kongressida.

«Bu ayniqsa, hozir, bizning mamlakatimiz kelajagiga bevosita aloqador masalalar hal etilayotgan vaqti juda muhim. Jahondagi vaziyat murakkab, ziddiyat kuchaymoqda, xalqaro huquq asoslari buzilmoqda, ko‘p yillik kelishuvlar barbod bo‘lmoqda», – deb bayonot qildi Putin.

Rossiya prezidenti, shuningdek, qator mamlakatlarda rusofobiya kayfiyati va millatchilikning boshqa o‘ta agressiv shakllari kuchayayotganini qayd etib o‘tdi.

Putin Ukraina va Boltiq bo‘yi davlatlarida tarix qaytadan yozilayotgani, yodgorliklarga va rus tiliga qarshi kurash olib borilayotganini misol tariqasida keltirib o‘tdi.

«Odamlarni qo‘rqitishmoqda, ularni qo‘rqitib, o‘z hukmini o‘tkazishmoqda», — deb qo‘shimcha qildi Putin.

Manba: asr.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!