Putin mamlakat mudofaa vaziri bilan Sibirga dam olishga ketdi

Putin  mamlakat mudofaa vaziri  bilan Sibirga dam olishga ketdi

Davlat rahbari matbuot kotibi Peskovning so‘zlariga ko‘ra, prezident va Shoygu hozirda Sibirda, biroq matbuot kotibi ularning aynan qayerda ekani haqida aniq ma’lumot berolmaydi.

«Oddiy dam olish joyi: tog‘lar, sayrlar, toza havo va shu kabi», — degan u.

Ta’kidlanishicha, davlat rahbarining Moskvaga 8 sentyabr, chorshanba kuni kechqurun qaytishi kutilmoqda. Peskov mazkur safar davomida Putin Shoygu bilan Sibirda yangi shaharlar qurish tashabbusini muhokama qilishi mumkinligini aytgan. «Albatta, Sergey Kujugetovich prezident bilan konseptual tarzda bu mavzuni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan», — degan Putinning matbuot kotibi. Ma’lumot uchun, Putin oxirgi marta Shoygu bilan 21 mart kuni Sibirda dam olgan.

https://www.rbc.ru/politics/07/09/2021/6137358b9a79478634401335


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!