Putin Ermitaj muzeyiga bora olmagani haqida gapirdi

Putin Ermitaj muzeyiga bora olmagani haqida gapirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7 yanvar kuni Ermitajga bormoqchi bo‘lganini, biroq muzey yopiq bo‘lganini aytdi, deb yozmoqda RIA Novosti .

Prezidentning aytishicha, 7 yanvar kuni Ermitajga bormoqchi bo‘lgan, biroq unga muzeyning yopiq ekanligi aytilgan. Hududlarda muzeylar filiallarining bo‘lishi fazalligi haqida gapirib, Putin Kaliningradda Ermitajning filiali bo‘lganida, u yergan borgan bo‘lishni aytgan.

8 yanvar kuni Vladimir Putin Kaliningradda Rossiyaning turli hududlarida madaniy-ma’rifiy va mjuzey komplekslari yaratish masalasida yig‘ilish o‘tkazgan.

Dushanba kuni Ermitaj muzeyi uchun dam olish kuni hisoblanadi, shu kuni muzey tashrif buyuruvchilar uchun yopiq bo‘ladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!