Putin: dunyo ishlaridagi ustunlik abadiy bo‘lishi mumkin emas

Putin: dunyo ishlaridagi ustunlik abadiy bo‘lishi mumkin emas

Ayrim mamlakatlarning dunyodagi ustunligi abadiy davom etishi mumkin emas. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.

“Ko‘p qutblilik sari xolis rivojlanish, afsuski, dunyo ishlarida ustunlik rolini saqlab qolish va hammani: ham Lotin Amerika, ham Yevropa, ham Osiyo, ham Afrikani nazorat qilishga urinayotganlarning qarshilik ko‘rsatishlariga duch kelmoqda”, - dedi Rossiya rahbari xorijiy davlatlarning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari qabul qilish marosimida.

“Aytish kerakki, gegemon buning uddasidan uzoq muddat davomida yaxshi chiqayotgandi, biroq bu abadiy davom etishi mumkin emas, buning iloji yo‘q”, - deya ta’kidladi Putin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!