Putin AQSh prezidenti bo‘lishni juda xohlaydi – Bayden

Putin AQSh prezidenti bo‘lishni juda xohlaydi – Bayden

AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z mamlakatiga nisbatan optimist va har qanday davlat rahbari, jumladan, Rossiya va Xitoy ham Oq uy rahbari bilan o‘rin almashishni xohlashiga ishonadi. U bu fikrini Jimm Fellon kechki shousi davomida bildirdi.

“Xitoy va Rossiya yetakchilaridan tortib, hamma men bilan o‘rnini almashtirishni istamaydigan birorta ham jahon yetakchisini bilmayman”, — deya TASS amerikalik yetakchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

U o‘z nuqtai nazarini Qo‘shma Shtatlardagi “ko‘proq imkoniyatlar”, “ilm-fan va texnologiya yaxshiroqligi” bilan izohladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!