Prezidentga suiqasdda gumonlanayotganlarning soni ma’lum qilindi

Prezidentga suiqasdda gumonlanayotganlarning soni ma’lum qilindi

Venesuela Ichki ishlar vazirligi rahbari Nestor Reverolning tvitterda ma’lum qilishicha, mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga suiqasd uyushtirishda gumon qilinganlarning soni 25 kishini tashkil etmoqda.

"Kun" manbasining xabar berishicha, uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib polisiya tomonidan sakkiz nafar gumonlanuvchi ushlangan.

Avvalroq, Venesuelada Maduroga qilingan suiqasd ishi bo‘yicha ikki nafar deputat daxlsizlikdan mahrum bo‘lganligi xabar qilingandi.

Ta’kidlanishicha, Venesuela milliy ta’sis yig‘ilishi o‘zining maxsus majlisida parlamentdagi muxolifat deputatlari Xulio Borxes va Xuan Rekesensni parlamentlik daxlsizligidan mahrum qildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!