Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya qirolichasiga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya qirolichasiga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta Ikkinchiga uning turmush o‘rtog‘i - Edinburg gersogi, shahzoda Filipp vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Buyuk Britaniya xalqi uchun musibatli bo‘lgan ushbu damlarda Siz uchragan judolikka qayg‘udoshman.
Shunday og‘ir bir pallada Siz, Hazrati Oliyalariga va qirollik oilasining barcha a’zolariga sabr-toqat va bardamlik tilayman”, - deyiladi davlatimiz rahbarining maktubida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!