Prezident ichki ishlar vazirini general unvonidan mahrum etib, ishdan bo‘shatdi

Prezident ichki ishlar vazirini general unvonidan mahrum etib, ishdan bo‘shatdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 1 oktyabr kuni Ichki ishlar vaziri, polisiya general-leytenanti Isgander Mulikovni ishdan bo‘shatdi.

Bundan tashqari, Mulikov barcha davlat unvonlari mahrum etilib, unvoni mayorgacha pasaytirildi. Bu haqda RIA Novosti Turkmaniston televideniyasiga asosan xabar qildi.

Davlat rahbari tegishli farmonni hukumat va Davlat xavfsizlik kengashining qo‘shma majlisida imzoladi.

Berdimuhamedov ish faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi, mansab mavqeini suiste’mol qilib, vakolatlaridan chetga chiqqanligi uchun Mulikovni IIV rahbarlik lavozimidan ozod etilishi, unvoni pasaytirib, barcha mukofotlardan mahrum etishini ta’kidladi.

Prezident Mulikovga 12 marta qattiq xayfsan e’lon qilishiga qaramasdan, u o‘ziga kerakli xulosa chiqarmagan.

Yangi ichki ishlar vaziri lavozimiga Mammetxan Chakiyev tayinlandi. U bosh vazirning sanoat, transport va kommunikasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazildi. Chakiyev huquqni muhofaza qilish organlarida ish tajribasiga ega. 2017 yil fevral oyida Chakiyev Davlat bojxona xizmatiga rahbarlik qilgan, iyun oyida esa Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish davlat xizmati direktori lavozimiga tayinlangandi va u yerda 2018 yil apreligacha ishladi.

Turkmaniston parlamenti prezidentning Mulikovni ishdan bo‘shatish va Chakiyevni tayinlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!