Poroshenko oilasi bilan Ukrainani tark etdi

Poroshenko oilasi bilan Ukrainani tark etdi

 Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko oilasi bilan Turkiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda RIA Novosti "Ukrainskaya pravda" nashriga asoslangan holda xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, Poroshenko jo‘nab ketish oldidan davlat tomonidan ajratilgan qo‘riqchilardan voz kechgan

“Uning oila a’zosining bir qismi o‘tgan hafta mamlakatdan chiqib ketdi. Qolganlari va Poroshenko esa yakshanba, 28 iyul kuni mamlakatdan chiqib ketdi. Istanbulga uchishdi”, - deyiladi xabarda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Poroshenko davlat qo‘riqchilaridan voz kechishi to‘g‘risida ariza yozgan. Biroq qancha muddatga voz kechishiga oydinlik kiritilmagan. Ukraina qonunchiligiga muvofiq, sobiq prezidentlarga bir umrga davlat tomonidan qo‘riqchilar ajratiladi.

Qayd etilishicha, Poroshenko nashrga avvalroq dam olish uchun xorijga ketmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!