Polshada rekord kattalikdagi laqqa baliq tutildi

Polshada rekord kattalikdagi laqqa baliq tutildi

Polshaning Tixi shahrida yashovchi Shimon Novoveyskiy rekord o‘lchamdagi laqqa baliqni qarmoqqa tutdi. Baliqchi ijtimoiy tarmoqlarda o‘z o‘ljasining suratlarini joylab, baliq 100 kgdan og‘irroq va uzunligi 260 santimetrligini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, u laqqa baliqni suvdan chiqarib olishdan oldin u bilan ancha olishishiga to‘g‘ri kelgan. 

Ushbu laqqa baliq Polshada qachondir bo‘lsa ham tutilgan laqqa baliqlardan eng kattasi bo‘lib, u mamlakat janubidagi Ribniskiy ko‘rfazida yashagan.

Baliqchining fikricha, yaqin oradagi elektr stansiyasidan chiquvchi iliq suv katta baliqlarning yanada o‘sishiga olib keladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!