Polshada qamoqda bo‘lgan o‘zbekistonlik yurtga qaytarildi

Polshada qamoqda bo‘lgan o‘zbekistonlik yurtga qaytarildi

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlarni himoya qilish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini davom ettirmoqda.

Ma’lum qilinishicha, elchixona diplomatlari, “Artur Grabovski” advokatlik byurosi hamda Polsha Chegara xizmati bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida namanganlik fuqaro I.M. muddatidan avval shartli ravishda ozod qilindi.

U Polshada o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasini sodir etgani uchun ushbu mamlakat Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq sudlanib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Elchixona tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar hamda Yevropa Ittifoqining Chegara va sohil xavfsizligi agentligi (Frontex) ko‘magida fuqaro uchun «Varshava–Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta xarid qilindi.

Barcha zarur rasmiylashtiruv ishlari yakunlangach, O‘zbekiston fuqarosining Polshadan chiqib ketishi tashkil etildi va u sog‘-salomat vatanga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳокимиятга келгач дарҳол Хитой элчисини чақириб, Хитой-Қирғизистон-Ўзбекистон темир йўли лойиҳасини бошлашни таклиф қилган.

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...