Peskov: dollar ishonchli zaxira valyutasi bo‘lmay qoldi

Peskov: dollar ishonchli zaxira valyutasi bo‘lmay qoldi

Rossiya prezidenti matbuot kotibining ta’kidlanishicha, dollarga bo‘lgan xalqaro ishonchning yo‘qolishiga Amerikaning o‘zi aybdor.

Dollarga bo‘lgan xalqaro ishonch AQSh xatti-harakatlari sabab yo‘qoldi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning boshqa mamlakatlar bilan milliy valyutalarda o‘zaro hisob-kitob ulushini oshirishidan biror bir narsa, xususan, dollarni qulatish kabi maqsad yo‘q.

Peskov dollarga bo‘lgan xalqaro ishonch AQSh xatti-harakatlari sabab susaygan deb hisoblaydi.

“Dollar ishonchli zaxira valyutasi bo‘lmay qoldi. Hozir juda ko‘plab mamlakatlar dollarning ishonchligidan xavfsirab qolishgan. Afsuski, dollarning emitent mamlakati o‘z xatti-harakatlari bilan bu valyutaga bo‘lgan ishonchni susaytirdi va shu bois mutlaqo tabiiy ravishda ko‘plab mamlakatlar o‘zining savdo aylanmasida dollar ulushini qisqartirish va milliy valyutalardagi hisob-kitob ulushini oshirish imkoniyatlarini qidirmoqda”, - dedi Kreml vakili.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Turkiya bilan yetkazib berilgan gaz uchun to‘lovning bir qismini rublda amalga oshirishga kelishib olinganini eslatdi.

“Umid qilamizki, bundan keyin ham milliy valyutalardan foydalanish ulushi o‘sib boradi”, - deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!