Payariq tumanida 11 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan

Payariq tumanida 11 nafar tibbiyot xodimi koronavirusga chalingan

Samarqand viloyatining Payariq tumanida 28 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bemorlarning 11 nafari (10 nafari viloyat, 1 nafari tuman) tibbiyot xodimi, 1 nafari tuman gaz idorasi xodimi, 1 nafari IIB xodimi,  3 nafari mavsumiy ishchi, 1 nafari haydovchi, 1 nafari tadbirkor, 4 nafari uy bekasi, 2 nafari maktab o‘quvchisi, 4 nafari pensionerlardir.

30 may kuni tuman sanitariya-epidemologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan 186 ta aholi xonadonlarida epidemologik surishturuv ishlari olib borildi. 736 nafar fuqaroning tana harorati o‘lchanib, shundan 5 nafarida tana harorati ko‘tarilgani aniqlandi.

Tumanda koronavirusdan o‘lim xolatlari kuzatilmagan. 5 ta xonadondan 1 nafardan bemor, 1 ta xonadondan 2 nafar, 1 ta xonadonda 4 nafar bemor COVID-19  koronavirus infeksiyasidan davolanmoqda.

Bemorlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lganlar jami 117 ta xonadondagi 121 nafar fuqorolar (oila a’zolari 489 nafar) uy sharoitida karantinga olinib 28 nafar IIB xodimlari biriktirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida Samarqand shahri, Oqdaryo tumani, Ishtixon tumani, Payariq tumani, Pastdarg‘om tumani, Samarqand tumani, Tayloq tumani, Urgut tumani "qizil" toifaga kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!