Ota o‘z farzandlarini jinoyatiga sherik qildi

Ota o‘z farzandlarini jinoyatiga sherik qildi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida shu yil 6 oktyabr kuni «Ko‘hna shahar» MFYda yashovchi O‘.Q. IIBga ariza bilan murojaat qildi.

U shu yil 28 sentyabr kunidan 5 oktyabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar «Ruslan chorvador invest» fermer xo‘jaligi dala maydonidan 5 bosh qoramolni o‘g‘irlab ketganliklarini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni «O‘zbekiston» MFYda yashovchi R.SH. va uning birga yashovchi o‘g‘illari O.SH. hamda A.SH.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!