Olimlar ko‘krak bezi saratonining yana bir sababini aniqlashdi

Olimlar ko‘krak bezi saratonining yana bir sababini aniqlashdi

Bristol universiteti olimlari uyquga erta yotib, erta uyg‘onuvchi ayollar, uyquga kech yotib, kech uyg‘onuvchi ayollarga nisbatan 40-48 foizga kamroq ko‘krak bezi saratoni duchor bo‘lishdan yiroq bo‘lishlarini aniqlashdi.

Gap, birinchi navbatda, uyqu bilan bog‘liq genetik markerlar haiqda bormoqda. Tadqiqot uchun 400 mingdan ortiq ayollarning genetika ma’lumotlari tahlil qilindi, deb xabar qilmoqda VVS.

Olimlar aniqlashiga ko‘ra, 100 nafar kech uxlab kech turadigan ayollar orasida 2 nafari, 100 nafar erta uxlab erta turadigan ayollar orasida esa 1 nafari ko‘krak saratoniga chalinar ekan.

Genetikani kani yangicha tahili qilish uslubi olimlarga ko‘krak saratonini alkogol va tamaki iste’molidan tashqari boshqa faktorlar ta’sirini ham o‘rganib chiqishgan.

Tadqiqot natijasida me’yoridan ortiq uyqu ham saraton kasaliga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan. Xususan, kuniga 7-8 soatdan ortiq ko‘p uxlaydiganlar ko‘krak bezi saratoniga chalinish ehtimoli 20 foizga oshar ekan

Ushbu holatning aniq sabablari hozircha ma’lum emas. Bu ertalab ishlaydigan uyquga kech yotib, kech uyg‘onuvchi ayollarning uyquga to‘ymaganda his etadigan stressiga bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Bundan tashqari, saraton kasalligi va hayot tarzi organizmining ichki soati buzilishi va buning oqibatida gormon, immunitet, moddalar almashinuvi va boshqa jarayonlarga ta’siri bilan tushunish mumkin.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!