Odamlarni transport vositasida tashish qanday hollarda taqiqlanadi?

Odamlarni  transport vositasida tashish qanday hollarda taqiqlanadi?

Odamlarni  transport vositasida tashish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

? avtomobilning kabinasidan tashqarida (bortli yuk yoki furgon-yukxonali avtomobillarda odam tashishdan tashqari);

? traktorlar va boshqa o‘ziyurar mashinalar, yuk tashiladigan tirkamalar, tirkama-uycha, yuk motosikllari yukxonasida;

? motosikllarning konstruksiyasida ko‘zda tutilgan joylaridan tashqarida;

? 12 yoshga to‘lmagan bolalarni motosiklning orqa o‘rindig‘ida, shuningdek yengil avtomobilga bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilma o‘rnatilmagan bo‘lsa, uning oldingi o‘rindig‘ida;

? 12 yoshga to‘lmagan bolalarni hisobga olmaganda, odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lganda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!