«Odamlar g‘azablangan bolalarning kuchiga yetarlicha baho bermayaptilar»

«Odamlar g‘azablangan bolalarning kuchiga yetarlicha baho bermayaptilar»

3 dekabr seshanba kuni iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish harakatlari bilan dunyoga mashhur bo‘lib ulgurgan qizaloq Greta Tyunberg Lissabonga yetib keldi. U ikki hafta oldin Atlantika okeanini bosib o‘tish uchun motorsiz qayiqda yo‘lga chiqqan edi. Tyunberg tabiatga zarar yetkazmaslik uchun aynan shu transport vositasini tanladi.

16 yoshli Tyunberg muxbirlar va o‘z tarafdorlariga qarata:

«Odamlar g‘azablangan bolalarning kuchiga yetarlicha baho bermayaptilar. Ular g‘azablangan va tushkunlikka tushgan» dedi.

Asli Shvedsiyalik bo‘lgan Greta Tyunberg Madridda davom etayotgan “COP25” iqlim sammitida qatnashmoqchi. U sammitda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha kelajak avlodlarning ham fikri inobatga olinishini ta’minlash uchun ish olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!