Obama saylovda ilk marta kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Obama saylovda ilk marta kimni qo‘llab-quvvatlashini aytdi

Demokrat nomzodning tarafdorlari bilan uchrashuv ovoz berish natijalari eng muhim bo‘lgan shtatlardan biri Pensilvaniyada bo‘lib o‘tgan.

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama shaxsan prezidentlik poygasi paytida ilk bor demokratlar nomzodi Jo Baydenni qo‘llab-quvvatlash uchun mitingda so‘zga chiqqan. Uning nutqini Fox News telekanali efirga uzatgan.

Ta’kidlanishicha, Bayden tarafdorlari bilan uchrashuv Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan, u yerdagi beriladigan ovozlar bo‘lajak saylovlardagi natijalarga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatadi.

“Men Pensilvaniya shtatiga kelishni yaxshi ko‘raman. Siz meni ikki marta qo‘llab-quvvatladingiz va bugun men Jo Bayden va Kamala Xarrisga Oq uyni “qo‘lga kiritishi” uchun yordam berishingizni so‘rab qaytib keldim”, – degan Obama.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!