OAV: Ronaldu «Real»dan ketishga qat’iy qaror qilgan

OAV: Ronaldu «Real»dan ketishga qat’iy qaror qilgan

«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Qirollik klubi»ni tark etish bo‘yicha qaror qilgan.

Record manbasi ma’lumotiga ko‘ra, bu futbolchining yakuniy va qat’iy qaroridir, deb yozmoqda Kun nashri. Qayd etilishicha, Ronaldu «qaymoqranglilar» rahbariyatidan, xususan, klub prezidenti Florentino Peresdan hamda bosh direktor Xose Anxel Sanchesdan qattiq norozi bo‘lgan, ular biroz avvalroq portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan uchrashuvda futbolchining moliyaviy talablarini qondira olmasliklarini ma’lum qilgandi. Ronalduning hisoblashicha, Peres uni aldagan.

Bundan avvalroq matbuotda «Pari Sen-Jermen» Ronalduga yiliga 45 mln yevro miqdorida maosh to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Futbolchining «Real» bilan 2021 yilgacha tuzilgan amaldagi shartnomasiga ko‘ra uning yillik maoshi miqdori 21 mln yevroga teng.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!