OAV: "Fransiyaning birinchi xonimi izolyasiyaga olindi"

OAV: "Fransiyaning birinchi xonimi izolyasiyaga olindi"

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning rafiqasi Brijit Makron o‘zini izolyasiyaga oldi.

"Le Figaro"ning yozishicha, u koronavirus yuqtirgan odam bilan aloqada bo‘lganligi sababli shunday qarorga kelingan.

Nashrga ko‘ra, mamlakatning birinchi xonimi 15 oktyabr kuni koronavirus tashxisi qo‘yilgan odam bilan aloqada bo‘lgan. Sanitariya idoralarining tavsiyalariga ko‘ra, u endi yetti kun izolyasiyada bo‘ladi.

Aniqlik kiritilishicha, Brijit Makronda kasallik alomatlari kuzatilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!