Nursulton Nazarboyev uchun yangi yodgorlik barpo etildi

Nursulton Nazarboyev uchun yangi yodgorlik barpo etildi

Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning yana bir yodgorligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Tantanali marosimda so‘zga chiqqan mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Nazarboyevning davlatchilik asoslarini shakllantirish, davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish, global inqirozlarni bartaraf etish va mamlakatning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasini ta’kidladi.

Qozog‘istonda mamlakat poytaxti Nazarboyev sharafiga o‘zgartirildi, aeroport va universitet, bir qator shaharlarning markaziy ko‘chalari, intellektual maktablar tarmog‘i, bog‘lar va xiyobonlar uning nomini oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!