Nukusda yo‘lovchi poyezdi o‘smirni bosib ketdi

Nukusda yo‘lovchi poyezdi o‘smirni bosib ketdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Nukus shahri temir yo‘l vokzali yonida bo‘lgan baxtsiz hodisa haqida ma’lumot berdi. Bu haqida Makan.uz sayti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yil 5 yanvar kuni soat 13:45da Nukus shahri hududidan o‘tuvchi Xo‘jayli-Nukus temir yo‘lining 2-piketi 699-kilometrida 334-sonli Saratov-Urganch-Toshkent yo‘lovchi tashuvchi poyezdini tortib kelayotgan UZTE16M2-033-son teplovozi temir yo‘l relsining o‘rtasida qulog‘iga quloqchin taqqan, Nukus shahrida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan R.D.ni bosib ketgan. Oqibatda, R.D. voqea joyida vafot etdi. Ushbu holat bo‘yicha hozirgi vaqtda tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!