— Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda uyning qimmatbaholigi yoki oyddiyligi hisobga olinishi kursatilmagan, lekin mazkur nizomda oilaning shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligi yuritishdan oladigan normativ daromadini hisoblashda uy-joy binolari va yordamchi xo‘jalik imoratlari joylashgan yer maydonlaridan tashqari, barcha yerlar, shu jumladan foydalanilmayotgan yerlar ham hisobga olinadi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-ilovasining 19-bandining g-kichik bandida ariza beruvchi yoki uning oila a’zolarida ishlab chiqarilgan muddati 10 yildan oshmagan, texnik holati soz bo‘lgan avtotransport vositasi yoki jami ikki va undan ortiq, texnik holati soz bo‘lgan avtotransport vositalari mavjud bo‘lsa ariza rad qilinishi ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra arizachi yoki uning oila azosining nomida ishlab chiqarilganligiga 10 yildan oshmagan yoki ishlab chiqarilgan yilidan qat’i nazar 2 va undan ortiq avtomashina bo‘lsa ariza rad qilinadi. Bundan tashqari, v-bandida ariza beruvchi va uning oila a’zolarida jami bittadan ortiq ko‘chmas mulk mavjudligi sababli ariza rad qilinishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Abror Ezozxonov, «Madad» NNT bosh mutaxassisi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Саудия Арабистони Про-Лигаси келаси ёзда 41 ёшли ҳужумчи Криштиану Роналду "Ан-Наср"ни тарк этса, лигага янги “асосий юлдуз” олиб келади. Bu ҳақда The i Paper хабар бермоқда.
Европа парламенти франциялик аъзоси Рафаэль Глюксмaнн фикрига кўра, Украина Европa Иттифоқидан қарз олмаса, иқтисодий ва сиёсий жиҳатдан қулаши мумкин.
Туркияда ҳукмрон Адолат ва тараққиёт партиясида ёпиқ эшиклар ортида амалдаги президент Ражаб Тоййип Эрдўғаннинг вориси сифатида унинг ўғли — Билал Эрдўған кўрилиши мумкин бўлган вариант муҳокама қилинмоқда. Бу ҳақда Bloomberg манбалари хабар бермоқда.