Netanyaxu: "AQSh va Eron o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik yo‘q"
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida siyosiy masalalarda, jumladan, Eronda hech qanday kelishmovchilik yo‘qligini aytdi.
Netanyaxu bu bayonotni Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Menimcha, kelishmovchiliklar yo‘q", dedi Netanyaxu ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirar ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Qo‘shma Shtatlarning "namunaviy ittifoqchisi", chunki u Vashington bilan "chinakam yonma-yon kurashadi".
"Menimcha, haqiqiy savol shundaki, bizning Eronga nisbatan turli maqsadlarimiz bormi. Va javob "yo‘q", deb ta’kidladi bosh vazir.
Uning ta’kidlashicha, Isroil va Qo‘shma Shtatlar Eronning yadroviy qurol dasturidan voz kechishi, boyitilgan materiallarni olib tashlashi va uranni boyitish inshootlarini demontaj qilishini ko‘rishga intilishadi. "Bizda boshqa umumiy maqsadlar ham bor", deb qo‘shimcha qildi Netanyaxu.
